Asosiy mazmuga o'tish
Management Accounting

Boshqaruv hisobi

Biznesda qarorlarni taxminlarga emas, raqamlar va ma'lumotlarga asoslanib qabul qilish.

11 ta yo'nalish 1–3 oy Loyiha bo‘yicha
Yo'nalishlar ro'yxati

Bu xizmat ostidagi 11 ta yo'nalish

Har bir punktni ochib qisqa ma'lumot, ariza qoldirish, diagnostika va shu mavzudagi maqolalarni ko'rishingiz mumkin.

Kompaniyada boshqaruv hisobi yo'q yoki tartibsiz bo'lsa — uni noldan tizimli ravishda quramiz: hisobotlar arxitekturasini loyihalash, ma'lumot manbalarini ulash, KPI panelini qurish va hisobot muddatlarini joriy qilish.

Mahsulot va xizmatlarning aniq tannarxini hisoblash. To'g'ri kalkulyatsiya — narx siyosatining va rentabellik tahlilining asosi.

P&L (foyda va zarar), Balans, Cash Flow — uchta asosiy hisobotni standartlashtirib, oylik takrorlanadigan tizim qilamiz.

Kirim-chiqim oqimlarini real vaqt rejimida nazorat qilish, qarz va debitorlik bilan ishlash, kassa tanqisligini oldindan ko'rish.

Yillik va choraklik byudjet rejalashtirish, fakt-plan solishtirish va kelgusi davrga prognoz qurish jarayonini joriy etamiz.

Keraksiz xarajatlarni aniqlash, ularni klassifikatsiya qilish va kamaytirish bo'yicha aniq qadamlar.

Biznes yo'nalishlar, mahsulot va mijoz segmentlari kesimida rentabellikni tahlil qilish — qaysi joylar foyda keltiradi va qaysisi pul oladi.

Har bir birlik (mijoz, buyurtma, mahsulot) darajasida daromadlilikni hisoblash. Scaling oldidan biznes modeli barqarorligini tekshirish.

Asosiy ko'rsatkichlarni real vaqt rejimida kuzatish uchun avtomatlashgan dashboard yaratamiz: 1C, Excel va platformalardan integratsiyali ma'lumotlar bilan.

Zaxiralar aylanmasi, ortiqcha qoldiqlar va yo'qotishlar nazorati. Sklad operatsiyalarini tizimga keltirish va minimalga tushirish.

Moliyaviy holatni chuqur tahlil qilish, asosiy muammolarni aniqlash va aniq tavsiyalar berish.

Keyingi qadam

Biznesingizning haqiqiy holatini bilish — bepul.

7 daqiqa. Hech qanday majburiyat. Faqat siz uchun aniq tavsiyalar.